18-yanvar kuni professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi. Kuchli o‘ntalikda o‘zgarish kuzatilmadi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Eng katta ko‘tarilishga Viktor Troitski erishdi. Serbiyalik tennischi Sidneydagi g‘alabasi evaziga 38 pog‘ona ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi. Denis Istominni aynan Sidney turnirida mag‘lub etgan qozog‘istonlik Mixail Kukushkin esa 15 pog‘ona ko‘tarildi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sidneydagi omadsizlik sabab yana ikki pog‘onaga o‘z o‘rnini pasaytirib oldi. Denis Istomin ayni paytda 50-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov esa bir pog‘ona pastlab, 121-o‘rinni band etgan.
1. Novak Jokovich (Serbiya) 11405
2. Rojer Federer (Shveysariya) 9875
3. Rafael Nadal (Ispaniya) 6585
4. Sten Vavrinka (Shveysariya) 5370
5. Kei Nisikori (Yaponiya) 5025
6. Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 4675
7. Tomash Berdix (Chexiya) 4660
8. Milosh Raonich (Kanada) 4575
9. Marin Chilich (Xorvatiya) 4150
10. David Ferrer (Ispaniya) 4145
50. Denis Istomin (O‘zbekiston) 850...
121. Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) 466