Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zavtosanoat” AK Toshent shahrida Italiya avtosanoatining Iveko Daily mikroavtobuslari yig‘ilishini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” agentligiga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

Xabarda aytilishicha, Rossiyadan beshta ilk mikroavtobus sinovdan o‘tkazish uchun sotib olingan. Ulardan to‘rttasi Toshkent shahrida marshrut mikroavtobuslari tarzida foydalanish uchun topshirilgan. “Toshshahartransxizmat” vakilining “Podrobno.uz” muxbiriga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bu mikroavtobuslar poytaxt ko‘chalarida sinovdan o‘tkazib bo‘lindi.

Iveko Daily mikroavtobuslari sinovdan o‘tgandan so‘ng, “Toshshahartransxizmat” mutaxassislari undan foydalanishda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha bayonot tayyorlashdi. Bu kamchiliklar asosan O‘zbekiston sharoitlarida foydalanishda besamar bo‘lgan dizel dvigateli bilan bog‘liq. Shuning uchun, ushbu mikroavtobuslarda suyuq yoki siqilgan gazdan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqish tavsiya etilgan. Endi bu mikroavtobuslarni yig‘ishni tashkil qilish qarorini qabul qilish “O‘zavtosanoat” AK zimmasiga qoldi, deb axborot beradi “Toshshahartransxizmat” AK vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)