Janubiy Koreya rasmiylari Koreya Xalq Demokratik Respublikasi haqida ijobiy fikr bildirgan ayolni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Koreya Respublikasi prokuraturasining ismi oshkor qilinmagan vakilidan Reuters keltirgan iqtibosda aytilishicha, Xvan Son ismli ayol Janubiy Koreyaning milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunini buzganlikda ayblanmoqda.
Sud uni qo‘lga olish haqidagi so‘rovni ma’qullagan. Ayolning o‘zi esa qo‘yilgan ayblarni rad etmoqda. Qayd etilishicha, Xvan Son ikkala Koreya birlashuvi tarafdori hisoblanadi va 2005-yilda KXDR poytaxti Pxenyan shahrida o‘z o‘g‘lini dunyoga keltirgan.
Izoh (0)