O‘zbekistonda Sony Xperia C3 smartfoni 1,2 million so‘mdan sotila boshlandi
Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida Sony Xperia C3 smartfoni 1 200 000 so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Smartfon 5,5 dyuym va 1280×720 o‘lchamli Triluminous displeyi, 1,2 GGers chastotaga ega to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon protsessori, 1 Gb tezkor va MicroSD yordamida 32 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 8 Gb ichki xotiraga ega.
Ushbu smartfonning 5 megapikselli old kamerasi keng tasvirga olishi va vspishkaga ega ekanligi bois, u selfi telefoni deb hisoblanadi. Unda Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan, akkumulyatorining quvvati esa 2500 mA·soatni tashkil etadi.
Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
- 2014-yilda Google’dan eng ko‘p izlangan texnologiya so‘rovlari o‘nligi e’lon qilindi;
Toshkent shahrida ikki SIM-kartali Sony Xperia C3 smartfonini 1 million so‘mga xarid qilish mumkin.