Madridning “Real” klubi bir yil davomida ko‘p gol kiritish bo‘yicha ispan klublarining rekordini yangiladi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Qirollik klubi” joriy yilda jami 176 ta gol kiritdi. Madridliklar yil davomida hozircha 50 ta g‘alabaga erishdi.
Ma’lumot uchun, bu boradagi avvalgi rekord “Barselona”ga tegishli bo‘lib, kataloniyaliklar 2012-yil davomida 175 ta gol kiritgan, jami 49 ta g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Bungacha “Real”ning yil davomidagi rekordi 45 tani tashkil qilardi. Ular bunday natijaga 2011-yilda erishgan edi.
Izoh (0)