Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF turkumiga kiruvchi Ankara Cup turnirida chorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada O‘zbekistondan ham ikki nafar tennischi ishtirok etayotgandi.
Sabina Sharipova ikkinchi davra uchrashuvida saralash bahslaridan asosiy to‘rga yo‘llanma olgan rossiyalik Valentina Ivashnenkoga ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekistonning ikkinchi vakilasi Oqgul Omonmurodova esa bosh mukofot uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. U chorak final yo‘lida ruminiyalik Mariya Patrisiya Tigni qiyinchilik bilan 7:5, 7:6(4) hisobida taslim etdi. Endi u yarim finalga chiqish uchun belgiyalik Yeselin Bonaventuraga qarshi kortga tushadi.
Izoh (0)