Mixail Xodorkovskiy Twitter orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning u siyosat bilan shug‘ullanishi mumkinligi haqidagi so‘zlariga javob berdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Xodorkovskiy avf haqida so‘raganda siyosat bilan shug‘ullanmoqchi emasdi. Lekin men qaror qabul qilayotganimda buni o‘ylaganim yo‘q. U boshqa barcha Rossiya fuqarolari kabi siyosat bilan shug‘ullanishi mumkin. Menimcha, to‘g‘ri yo‘l tutdim”, − dedi Putin.
“Onam bilan xayrlashishga imkon berdi. Bu to‘g‘ri. Oilamga tegishlariga qo‘ymadi. Bu ham to‘g‘ri. Shuning uchun u − dushman emas, balki siyosiy raqibdir. Mayli, radikallar meni ham haqoratlashsin”, − deb yozdi Xodorkovskiy bunga javoban.
Izoh (0)