Janubiy Koreya nashrlarining ma’lumotiga ko‘ra Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya flagman smartfoni Galaxy S5’ni yaxshi sota olmagan va shu bois uning davomchisi deya atalayotgan Galaxy S6 smartfonini kutilgan muddatdan avvalroq taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Yangi Samsung Galaxy S6 smartfonida Snapdragon 810 yoki Exynos 7 Octa protsessori, Quad HD displeyi o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga yangi Samsung smartfonlari Galaxy Alpha, Note 4 va Galaxy A lineykasidagi gadjetlar kabi yarim-metall korpusli bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)