“O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi badiiy kengash O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi oldidan uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Bezavol dunyo” hujjatli filmini tasvirga olish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining matbuot xizmati.
Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar ssenariylarini tayyorlash bo‘limi bosh muharriri Komiljon Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida ushbu hujjatli filmni ishlab chiqarishga kirishiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida “shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish” vazifasi belgilangan edi.
Komiljon Shamsiddinovning qayd etishicha, ayni paytda Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra, “O‘g‘lonlar”, “Girdob”, “Qadriyatlar qadrlangan yurt” va boshqa yana bir qancha hujjatli filmlar ustida ham ish olib borilmoqda.
Izoh (0)