Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samvel Babayan boshchiligidagi “Paxtakor” 15-dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

“Paxtakor” klubi logotipi. Foto: pakhtakor.uz

“Paxtakor” klubi logotipi. Foto: pakhtakor.uz

Dastlab futbolchilar bilan yig‘ilish o‘tkazildi va shundan keyin birinchi mashg‘ulot “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinchilar yengil tiklanish mashqlarini bajarishga kirishdi.

Kaxi Maxaradze ertaga yetib keladi va jamoa safiga qo‘shiladi. Terma jamoa yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar esa yig‘inda ishtirok etmayapti. 16-dekabr kuni jamoa a’zolari “Futbol MED” tibbiyot markazida ko‘rikdan o‘tadi.

Birinchi yig‘inda qatnashayotgan futbolchilar ro‘yxati:

Aleksandr Lobanov, Nikita Ribkin, Akmal Tursunboyev, Abdumavlon Abdujalilov, Asilbek Omonov, Botir Ergashev, Abbos Otaxonov, Muhsin Ubaydullayev, Ibrohim Abdullayev, Davron Hoshimov, Tohir Shamsiddinov, Javohir Sohibov, Akbar Ismatullayev, Jamshid Boltaboyev, Stanislav Andreyev, San’at Shixov, Javohir Sidiqov, Vladimir Kozak, Sergey Rekun, Jamshid Yusupov, Suhrob Nurullayev, Sherzod Karimov, Abbos Maxsitaliyev, Ramz Begishev, Jaloliddin Masharipov, Oybek Qilichev, Alibobo Rahmatullayev, Anvar Soliyev, Farruh Shotursunov, Igor Rogovanov, Bahodir Pardayev, Jasur Hakimov, Temur Hakimov, Abdul Aziz Yusupov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qirg‘iziston
“Rosatom” yana bir Markaziy Osiyo davlatida AES qurmoqchi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto) 
Mahalliy
Andijonda o‘g‘li o‘ldirib, kanalga tashlab yuborilgan otaning murdasi Farg‘onadan topildi