Avstraliyaning Sidney shahridagi kafelardan birida noma’lum terrorchilar tomonidan asirga olinganlar soni 40 kishigacha bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lindt shokolad fabrikasining kafe do‘koni egallab olingan vaqtda u yerda 10 nafar xodim va 30 nafargacha mijoz bo‘lgan. Bosqinchilarda o‘zini portlatuvchi bomba belbog‘i bo‘lishi mumkinligi ham ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, egallab olingan kafe shahar markazida joylashgan. Politsiya atrofdagi ko‘chalarni o‘rab olgan, hozirda maxsus operatsiya tayyorlanmoqda. Ikki nafar asir ko‘zlari yopilgan holda kafe oynalari oldiga keltirib qo‘yilgan va ularning qo‘llarida oq rang bilan arab tilida yozilgan qora bayroqlar borligi aytilgan.
Izoh (0)