Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi xonadonlardan birida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotida yong‘inning aynan qachon sodir bo‘lgani ma’lum qilinmagan, faqat hodisa o‘tgan hafta (3-9 dekabr oralig‘ida) sodir bo‘lgani bildirilgan.
Xabar berishlaricha, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi ayollardan biri o‘z uyida mast holda, sigareta chekib uxlab qolishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in 4 kvadrat-metr maydonni qamrab olgan, buning natijasida uydagi o‘rin-ko‘rpa yongan. “Shuningdek, yong‘in natijasida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan”, – deyiladi IIV xabarida.
Izoh (0)