Veritasium ilmiy-ma’rifiy kanali insonlarni bir-biridan farqlaydigan kodlar sonini matematik usul bilan hisoblab chiqdi. Insondagi barcha irsiy ma’lumotlar atigi 1,5 gigabayt xotirani egallaydi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Inson organizmi taxminan 40 trillion hujayradan iborat bo‘lib, ularning har biri 1,5 gigabaytlik irsiy kodni tashiydi. Shunday qilib, bir odamda jami 60 sekstibayt (1 sekstibayt 1024 ekzabaytga, ya’ni 1 180 591 620 717 411 303 424 baytga teng) ga yaqin ma’lumot bo‘ladi. Veritasium vakillari fikriga ko‘ra, butun dunyoda saqlanadigan ma’lumotlar 2020-yilda hajmi 40 sekstibaytga yetadi. Shundan bir inson tanasida naqadar ulkan ma’lumotlar borligini bilish mumkin.
Insondagi irsiy ma’lumotlarning 99,9 foizi dunyodagi qolgan odamlarniki bilan bir xil. Insonlarni bir-biridan ajratadigan ma’lumot esa bir megabaytdan ham kamroq joyni egallaydi.
Izoh (0)