Taniqli amerikalik aktyor Mikki Rurk Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini va uni zo‘r yigit deb hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Men Putin bilan uchrashdim va menda biz bir-birimizni tushundik, degan taassurot qoldi. Menimcha, u zo‘r yigit, shuning uchun ham uning surati tushirilgan futbolkani sotib oldim”, − dedi Rurk.
Qayd etilishicha, Rurk hozirda Moskvada bo‘lib turibdi va bu yerda 28-noyabr kuni rossiyalik Ruslan Provodnikov hamda meksikalik Xose Luis Kastilyo o‘rtasidagi boks jangidan oldin o‘z jangini o‘tkazadi. Avgust oyidagi Rossiyaga tashrifi vaqtida amerikalik aktyor omma oldiga Putin surati tushirilgan kiyimda chiqqani aytilgan.
Izoh (0)