Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Nisha Bisval xalqaro maslahatlashuvlar va ikki tomonlama uchrashuv uchun Nyu-Deli (Hindiston)ga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida xabar berildi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Nisha Bisval. Foto: catoday.org

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Nisha Bisval. Foto: catoday.org

Shundan so‘ng Nisha Bisval Nepal poytaxti Katmanduga tashrif buyurib, bu yerda u AQSh nomidan Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasining 18-sammitida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida qayd etilishicha, Nisha Bisval Katmandudan so‘ng Bangladeshning Doha shahriga, undan so‘ng esa har yili o‘tkaziladigan ikki tomonlama maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga keladi.

Toshkentda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida bir qator ikki tomonlama masalalar muhokama etiladi. Uchrashuvda, shuningdek, ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan mintaqaviy masalalar borasida fikr almashiladi.

Nisha Bisval o‘zining rasmiy safarini Shveysariya bilan yakunlaydi. Bu yerda u Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) vazirlar kengashida ishtirok etadi. Bundan tashqari, u bu yerda YeXHT va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bilan fikr almashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda kelasi hafta 42 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lning qatnov qismida prank uyushtirgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi
Dunyo
Dunyo bo‘ylab millionerlar soni sezilarli darajada kamaydi