Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Ukraina” telekanali Rossiya seriallarini namoyish etish chog‘ida kadrda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning surati chiqib qolsa, uni xiralashtirib qo‘ya boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Xususan, Rossiya politsiyasi faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Pyatnitskiy” seriali namoyish etilayotganida, Rossiya yetakchisining portreti xiralashtirib qo‘yilmoqda.

Televideniye va radioeshittirish masalalari bo‘yicha Milliy kengash rahbarining birinchi o‘rinbosari Olga Gerasimyuk idora tomonidan Ukraina telekanallariga Putin suratini noaniq qilib qo‘yish bo‘yicha hech qanday buyruq va tavsiya berilmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu telekanalning o‘zigina chiqargan qarordir.

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya prezidenti portretining xiralashtirib qo‘yilayotgani “Ukraina” telekanali matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi. Biroq ular bu qarorga izoh berishdan bosh tortdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sayohat
Buyuk rassomlar kartinalarida tasvirlagan 10 ta mashhur joy. Ular hozir ham mavjud, ba’zilari esa o‘zgarib ketgan 
Mahalliy
O‘zbekistonda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi
Mahalliy
Samarqanddagi maktab, bog‘cha va shifokorlik punktida qurilish talablarini bajarmaslik holatlari fosh etildi