Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya Key-ligasida 1 va 2-o‘rinlar muddatidan avval hal bo‘lib ulgurgach, mavsumdagi oxirgi sovrinlardan birigina o‘z egasini kutib turibdi. 23-noyabr kuni Seuldagi muhtasham World Cup stadionida maydon egasi “Seul” va “Seongnam” jamoalari Koreya futbol assotsiatsiyasi kubogi finalida ro‘baro‘ keladi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.

Server Jeparov. Foto: olamsport.com

Server Jeparov. Foto: olamsport.com

Ushbu sovrin ikkala jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega. O‘rtaga Kubok finalidagi sovrin bilan birga Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumiga beriladigan yo‘llanma ham qo‘yilgan. Koreys OAVlariga ko‘ra, Kubok finalida g‘alaba qozongan jamoa 200 million von (taxminan 180 ming AQSh dollari) egasiga aylanadi.

Ko‘pchilik “Seul”ning osonlik bilan g‘alaba qozonishini taxmin qilayotgan bir paytda seongnamliklar ustozi Kim Hak Bom sovringa erishishi mumkinligiga qattiq ishonmoqda. Ma’lumot o‘rnida, 2008-yildan buyon “Seongnam” World Cup stadionida o‘tkazgan sakkiz o‘yinidan yettitasida mag‘lubiyatga uchragan.

Koreys OAVlari-yu futbol mutaxassislari yakshanba kuni o‘tadigan final bahsida seulliklardan Eskudero, Osmar, Yun Ir Lok kabi futbolchilar asosiy rolni bajarsa, “Seongnam” safida Server Jeparov va Kim Te Xvan kabi futbolchilardan qahramonlik kutmoqda. Ayniqsa, Key-liganing so‘nggi turlarini yuqori darajada o‘tkazayotgan Server Jeparov OAVda ko‘p tilga olinmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori o‘z vaqtida “Bunyodkor”dan “Seul”ga o‘tgan edi. Shu nuqtai nazardan Server o‘zining sobiq va jonajon klubiga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishi ham ko‘pchilikka qiziq. Koreys OAVlari taxminlariga ko‘ra, Server Jeparov Kubok finalida hujumchi orti pozitsiyasini egallaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi