Moskva markazida o‘nga yaqin qimmatbaho avtomobillar yonib ketdi
Moskva markazidagi Orujeyniy tor ko‘chasi 50-uyda joylashgan yopiq avtoturargohda yong‘in chiqishi natijasida o‘nga yaqin qimmatbaho avtomobillar yonib ketdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Turargohda jami o‘nta avtomobil bo‘lgan: oltita Rolls-Royce, ikkita Bentley hamda ikkita Mercedes. 50 kvadrat metrlik maydonda chiqqan yong‘in o‘chirilgani va sakkizta avtomobil yongani ma’lum qilingan.
Moskva politsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joyiga operativ tergov guruhi yetib kelgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
