Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iordaniya va Misrda “Musulmon birodarlar” xalqaro radikal assotsiatsiyasining rahbariyati vakillari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Iordaniya poytaxti Amman shahri. Arxiv. Foto: ria.ru

Iordaniya poytaxti Amman shahri. Arxiv. Foto: ria.ru

Iordaniya rasmiylari guruh yetakchilaridan biri Zakiy Bani Rushaidni “Musulmon birodarlar”ni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan BAA rahbariyatini xalqaro terrorizmning homiysi deb atagani uchun qo‘lga olingan. Misrda esa sobiq prezident Muhammad Mursiy ma’muriyati a’zosi Muhammad Ali Bishr aholini 28-noyabr kuni ommaviy namoyishlarga chiqishga chorlagani uchun hibsga olingan.

Ma’lumot uchun, “Musulmon birodarlar” radikal tashkiloti Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlardan farqli ravishda Iordaniyada qonuniy harakat hisoblanadi va qirollik tuzumiga muxolifat sifatida ko‘riladi. Misrda esa tashkilot vakillaridan Muhammad Mursiy 2012−2013-yillarda mamlakat prezidentligi lavozimini ham egallagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi