O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi negizida yangi “Mahalla” telekanali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Daryo” nashrining milliy teleradiokompaniyadagi manbasi xabar berdi.
2014-yil 1-dekabrdan ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan yangi telekanal faoliyatining ilk davrida sutkasiga olti soatdan efirga chiqadi.
Yangi telekanalda mahalla hayoti haqidagi ko‘rsatuvlar efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Telekanal raqamli standart asosida tarqatilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)