Sentabr oyi oxirida Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri va vitse-prezidenti, Dubay amiri Muhammad bin Rashid al Maktum shaxsiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda Redpen.uz.
U bilan birga Dubay valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhammad al Maktum ham tashrif buyurgan. Royalista nashrining xabar berishicha, O‘zbekistonda lochin bilan ov qilish shahzodaning eng sevimli mashg‘ulotlaridan hisoblanadi. Redpen nashri ijtimoiy tarmoqlardan ushbu tashrif va ov jarayoniga oid suratlardan iborat fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)