Ispaniyada o‘tgan mavsumning eng yaxshilari uchun belgilangan sovrinlarni o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Unga ko‘ra “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2013/14-yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi deya e’tirof etildi. Bundan tashqari, portugaliyalik hujumchining “Valensiya”ga kiritgan goli “mavsumning eng chiroyli goli” deya tan olindi. Shuningdek, Ronaldu o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb e’lon qilindi.
Mavsumning eng yaxshi murabbiyi uchun belgilangan sovrin esa “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeonega topshirildi.
Primeroning eng yaxshi afrikalik futbolchisi “Granada” tarkibida ijara asosida to‘p surgan “Portu” yarim himoyachisi Yasin Braimi bo‘ldi. Eng yaxshi janubiy amerikalik futbolchiga atalgan sovrin esa “Sevilya”dagi Karlos Bakkaga nasib etdi.
Izoh (0)