AQSh va Yaponiya quruqlikdagi kuchlarining jangovar otishmalar va yerdagi operatsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolining Titose shahrida boshlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
7-noyabrgacha davom etadigan manyovrlarda ikkala tarafdan 1,8 mingga yaqin kishi ishtirok etadi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotining o‘ziga xos tarafi shundaki, Amerika qurolli kuchlari dengiz orqali ularda qatnashishi uchun jangovar vertolyotlarni zudlik bilan yetkazib berdi. So‘ng, ularni tezda yig‘ib, poligonga yetkazdi.
Mashg‘ulotlarning bir bosqichida yapon armiyasi bo‘linmalari amerikaliklarning havodan ko‘rsatgan yordami bilan hujum hamda mudofaa qilish mashqlarini o‘tkazadi.
Rossiya chegarasi yaqinidagi Xokkaydo orolida Yaponiyada quruqlikdagi kuchlarning tank va artilleriya bilan o‘tkaziladigan manyovrlari uchun mo‘ljallangan eng yirik poligonlari joylashgan.
Izoh (0)