So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    ParaOsiyo o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari yana bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

    24.10.2014, 10:51 3484

    Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida bugun, 24-oktabrda so‘nggi kun musobaqalari (sportning oltita turi bo‘yicha) bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

    Foto: red-dot-21.com

    Foto: red-dot-21.com

    E’tiborlisi, yengil atletikaning ertalabki dasturdan o‘rin egallagan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan final bahslarida O‘zbekiston vakillari bittadan oltin, kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.

    Delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni 400 metr masofaga yugurishda Faxriddin Hamroyev keltirdi. Belgilangan masofani 00:50.19 soniyada bosib o‘tgan mardonavor sportchimiz bir yo‘la ham Osiyo, ham ParaOsiyo o‘yinlari rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

    Shu tariqa, Faxriddin Hamroyev tomonidan mazkur ParaOsiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni to‘rttaga yetdi. Bunga qadar tajribali sportchimiz 200 metr, 800 metr va 4x100 metrga estafeta yugurish musobaqalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

    Ta’kidlash joizki, bunday ko‘rsatkichga suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Kirill Pankov ham ega.

    Bugun o‘tkazilgan musobaqalarda kumush medalga Miran Saxadov sazovor bo‘ldi. Bunga qadar bittadan oltin va kumush medalni (4x100 metr va 200 metr masofaga yugurish) qo‘lga kiritgan Miran Saxadov bugun 400 metr masofaga (T11) yugurish musobaqasida 00:55.04 soniya natijani qayd etib, kumush medal sovrindori bo‘ldi.

    ParaOsiyo o‘yinlarida 800 metr masofaga yugurish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘lgan Sirojiddin Norov medallar kolleksiyasiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda hamyurtimiz belgilangan masofani 04:10.48 soniyada bosib o‘tdi.

    Ayni paytga kelib O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali mavjud.

    Eslatib o‘tamiz, ParaOsiyo o‘yinlarida yengil atletikachilarimiz hozircha jami 15 ta (8 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) medalni, suzish musobaqalarida Kirill Pankov (4 ta) va Dmitriy Xorlin (3 ta) jami 7 ta oltin medalni, dzyudo ustalarimiz esa jami 9 ta medalni (7 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza) qo‘lga kiritgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi

    Bugun, 20:20

    Chery brendi MotorFestUz 2023 ga homiylik qildi!

    Bugun, 19:30
    Reklama

    Hindistonda aviayo‘lovchi samolyotdan sakrashga urindi (video)

    Bugun, 20:10

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi

    Bugun, 20:00

    Bryus Uillisning rafiqasi aktyorning ahvoli og‘irlashayotgani haqida so‘zlab berdi

    Bugun, 19:43

    Tojikistonda ham un narxi qimmatlashdi. Mahsulot tanqisligi kuzatiladimi?

    Bugun, 19:37

    Payme onlayn to‘lovlar xavfsizligini qanday ta’minlaydi?

    Bugun, 18:00
    Reklama

    O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

    Bugun, 19:21

    Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi

    Bugun, 19:10

    “Afsus, Vladimir” — Klinton NATOning kengayishida Putinni aybladi

    Bugun, 18:55

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    Bugun, 18:45

    Ozarbayjon chegarachilari Armanistonga qochishga uringan milliarderni qo‘lga oldi (video)

    Bugun, 18:25

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Rossiya Yevropada yangi ittifoqdoshiga ega bo‘lishi mumkin — Bloomberg

    18:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?