Koreya yarimorolida yangi urush boshlangan taqdirda Seul o‘z qo‘shinlarini tezkor boshqarishi huquqini Vashingtondan 2015-yilda qabul qilishi masalasini yana kechiktrishga kelishib olindi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
AQSh mudofaa kotibi Chak Xeygelning Koreya Respublikasi mudofaa vaziri Xan Min Gu bilan Vashingtondagi uchrashuvida qo‘shinlarni boshqarish huquqi aynan qaysi sanada topshirilishi aniqlanmagan, lekin bu Janubiy Koreya armiyasi KXDRning yadroviy tahdidiga javob qaytara oladigan darajaga yetishi mo‘ljallangan 2020-yil o‘rtasida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Dastlab bu 2011-yilga rejalashtirilgan edi, keyin esa Seulning iltimosi bilan 2015-yilga ko‘chirilgan. Tinch holatda Janubiy Koreya 639 ming kishilik qo‘shinlarini o‘zi boshqaradi, biroq urush boshlansa, boshqaruv huquqi amerikalik to‘rt yulduzli general qo‘liga o‘tadi.
Izoh (0)