Kurgan-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan “Boing-737” yo‘lovchi samolyoti ekipaji Moskvadagi Vnukovo aeroportidan favqulodda qo‘nishni so‘ragan, deb xabar bermoqda LifeNews.
So‘rovning sababi dvigatelga begona predmet kelib tegishi ekanligi aytilgan. Samolyot qo‘nishni yaxshi amalga oshirgani va hech kimga zarar yetmagani ma’lum qilingan.
Bu Vnukovo aeroportida so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan ikkinchi ko‘ngilsiz hodisadir. Avvalroq, Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot 21-oktabrga o‘tar kechasi Vnukovo aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgani, hech qanday zarar ko‘rmagan qor tozalovchi mashina haydovchisi esa mast holatda bo‘lgani aniqlangani hamda u ikki sutkaga hibsga olingani xabar berilgan edi
Izoh (0)