Xavfli mikroblar ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar tayyorlaydigan Giant Microbes kompaniyasi AQShda Ebola virusi shaklidagi o‘yinchoqlar to‘liq sotib bo‘linganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse.
Kompaniya rasmiy saytidagi o‘yinchoq ta’rifida Ebola virusi “mikroblar orasidagi tirannozavr” deb atalgan va yangi mahsulot quvnoq sovg‘a bo‘lishi aytilgan. Ishlab chiqaruvchilar o‘yinchoq ushbu xavfli virus to‘g‘risidagi xabardorlikning oshishiga yordam berishiga umid bildirgan.
Jigarrang chuvalchang ko‘rinishidagi duxoba o‘yinchoqni nafaqat oddiy amerikaliklar, balki yirik farmatsevtika kompaniyalari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro Qizil xoch jamiyati ham sotib olgan. O‘yinchoqning katta hajmdagisining narxi 30 dollarni, kichigi 10 dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)