O‘tgan hafta Hindistonning sharqiy qirg‘og‘iga kelib urilgan “Xadxad” dovuli qurbonlari soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat hukumati bergan ma’lumotga tayanib, Korrespondet.net xabar bermoqda.
Dovul natijasida ko‘plab uylar va katta miqdordagi qishloq xo‘jalik hosili vayron bo‘lgan.
Xususan, Vishakxapatnam shahrida deyarli butun o‘rmon barbod bo‘lib, turistik obyektlar, shu jumladan, buddizm ibodatxonalariga zarar yetgan.
Tabiiy hodisadan eng ko‘p zarar ko‘rgan Andxra-Pradesh shtati hukumati mingga yaqin mahalliy aholiga elektr energiyasi uzatilishini tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish uchun kuchaytirilgan tartibda ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)