Dubay amirligida joylashgan Burj Xalifa osmono‘par binosida dunyodagi eng baland kuzatuv maydonchasi ochildi. Uning balandligi 555,7 metrni tashkil etadi. Bu haqda National gazetasiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Shu tariqa, endilikda Burj Xalifada uchta kuzatuv maydonchasi ishlab turadi. Eng oxirgi maydon 148-qavatda joylashgan bo‘lib, u panoramali oynalar bilan jihozlangan.
2013-yilda ushbu mashhur osmono‘par binoni 1,87 million kishi ko‘rishga kelgan.
Izoh (0)