Rossiyadagi “Vedomosti” gazetasini mamlakat prezidenti Vladimir Putinga yaqin biznesmenlar sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Nashrning barcha uch sarmoyadori — Financial Times, The Wall Street Journal va Sanoma Oyi’ning ulushi vositachi yordamida sotib olinadi. Keyin esa gazetani vositachidan Putinga yon bosuvchi guruhlar xarid qilishi mumkin, deb ma’lum qildi agentlik. “Gazprom-media” mediaxoldingi yoki rossiyalik biznesmen Yuriy Kovalchuk bilan aloqasi mavjud kompaniyalar so‘nggi xaridorga aylanishi mumkin, deb ta’kidladi Bloomberg .
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, “Vedomosti”ning taqdirini bozor jarayonlari belgilab beradi. “Biz ‘Vedomosti’ bilan nima bo‘lishini va uni kim sotib olishini bilmaymiz”, — dedi u.
“Kreml ‘Vedomosti’ aksiyadorlarini xorijiy hukumatlar sifatida qabul qilmoqda, — deb qayd etdi nashrning bosh muharriri Tatyana Lisova . — WSJ AQSh deb hisoblansa, FT— bu Buyuk Britaniyadir”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml zarur vaqtda qo‘ng‘iroq qilib qo‘yish mumkin bo‘lishi uchun, gazetaning egasi rossiyalik bo‘lishini xohlamoqda.
Izoh (0)