Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos so‘nggi qurolli mojaroda jabr ko‘rgan G‘azo sektorini tiklash uchun to‘rt milliard dollar miqdorida yordam berishini so‘rab, xalqaro hamjamiyatga murojaat qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Falastin mansabdor shaxslarining hisob-kitobiga ko‘ra, yaqinda 50 kun davom etib, 2,1 mingdan ziyod kishining umriga zomin bo‘lgan qarama-qarshilik natijasida 60 mingdan ziyod turar-joy hamda 5000 dan ko‘proq korxona va tijorat muassasalari barbod etilgan yoki zarar yetkazilgan.
Falastinliklarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun donor mamlakatlar 12-oktabr kuni Qohirada uchrashadi.
Shu bilan bir vaqtda, Isroil harbiy kuchlari Bosh shtabi rahbari Benni Gans G‘azo sektorini tiklash uning mamlakati manfaatlari bilan ham mos tushishini, shu bois anklavga yetkaziladigan mahsulotlarga qo‘yilgan cheklovlarning bir qismi bekor qilinishi lozimligini aytdi.
Izoh (0)