AQSh prezidenti Barak Obama uch marta sudlanganligi keyinroq ma’lum bo‘lgan qurollangan xususiy firma qo‘riqchsi bilan bir liftga tushib qoldi. Bu haqda The Washington Post gazetasiga tayanib “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Voqea 16-sentabr kuni Oq uy rahbarining Atalanta shahridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan. Muassasa tomonidan berilgan qo‘shimcha qo‘riqchi AQSh davlat rahbarlari xavfsizligiga javobgar Maxfiy xizmat ma’lumotlar bazasi tekshiruvidan o‘tmagani keyinroq ma’lum bo‘lgan.
Liftda qo‘riqchi Obamani telefon kamerasiga ola boshlagan va buni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqni tezda bajarmagan. Firma rahbari darhol qo‘riqchini ishdan bo‘shatib, qurolni topshirishni talab qilgan. U to‘pponchani topshirganda qo‘riqchining qurollanganligini xayoliga ham keltirmagan prezident tansoqchilari yaqqol sarosimaga tushib qolgan.
Tekshiruv natijasida uning muqaddam 3 marta, jumladan, qurolli hujum va kaltaklash uchun sudlangani ma’lum bo‘lgan. Xizmat qoidalari bo‘yicha uning prezident bilan bir joyda turishi mumkin bo‘lmagan.
Shuningdek, 19-sentabr kuni Oq uy binosiga AQSh fuqarosi Omar Gonsalesning ruxsatsiz kirib olishi ham Maxfiy xizmat rahbari Juliya Pirsonning Kongress oldida javob berishiga olib kelgan edi.
Izoh (0)