Samarqand shahrining yirik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz sifatida o‘sib borayotgan xalqaro mavqe’sini e’tiborga olib, shuningdek, xalqaro forumlar, simpoziumlar va boshqa tantanalarni o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar va kerakli infratuzilma yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2014-yil 25-sentabrdagi Qarori bilan Rasmiy delegatsiyalar qabul uyi negizida Forumlar majmuasi tuziladi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, Samarqand shahridagi Forumlar majmuasi yirik xalqaro iqtisodiy va madaniy forumlar, ilmiy simpoziumlar va konferensiyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va rivojlangan demokratik davlat qurish sohalaridagi to‘plangan tajribasini ochib beradigan ijtimoiy-siyosiy tadbirlar o‘tkazish markazi hisoblanadi.
Forumlar majmuasidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlarining umumiy soni 120 kishi, jumladan boshqaruv xodimlari 5 kishi bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Qarorda Samarqand viloyati hokimiyatiga O‘zbeksiton Respublikasi Moliya va Adliya vazirliklari bilan kelishgan holda bir hafta muddat ichida Samarqand shahridagi Forumlar majmuasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Izoh (0)