Tojikiston “chegaralar xavfsizligi, huquqiy tartibot va qonun ustuvorligini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash” uchun AQShdan 3 million dollardan ko‘proq miqdorda moliyaviy yordam oladi. Bu haqda Korrespondent.net nashri xabar berdi.
AQSh va Tojikiston hukumatlari o‘rtasidagi shartnoma doirasida berilayotgan moliyaviy yordam huquqiy tartibotni qo‘llab-quvvatlash, giyohvand moddalar kontrabandasi va odam savdosiga qarshi kurash, shuningdek Tojikiston sud tizimini rivojlantirishga sarflanishi lozim.
1992-yildan buyon Vashington Dushanbega demokratik institutlarni, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini rivojlantirishga ko‘maklashish dasturlari uchun 1 milliard dollardan ortiq moliyaviy yordam bergan.
Izoh (0)