O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov qiz uzatdi. Xonandaning qizi — Robiyaxon sinfdoshi Sardorbekka turmushga chiqdi. Bu haqda Shov-shuv.uz’ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Shov-shuv.uz’ning yozishicha, Ozodbek Nazarbekov qizining to‘yi “ortiqcha dabdalardan holi” ravishda o‘tgan, to‘ydan bir qator fotosuratlar ilova qilingan.
Xabar berishlaricha, “ortiqcha dabdabalardan holi” o‘tgan to‘yda Sardor Rahimxon, Ulug‘bek Rahmatullayev, Muzaffar Abduazimov, “Afruz”, Rayhon, Shahzoda, Munisa Rizayeva, Davron Ergashev, Nilufar Usmonova, Nasiba Abdullayeva, Jasur Umirov, Tohir Sodiqov, Yulduz Usmonova kabi yulduzlar kelin va kuyovni qutlab, “rosa kuyladi”.
Ma’lum bo‘lishicha, dizayner Dildora Qosimova kelinning libosini yaratish uchun bir necha oy davomida “ter to‘kkan”. “Hech qayerda muqobili yo‘q eksklyuziv libosni yaratishning o‘zi bo‘ladimi?!” — deb yozadi Shov-shuv.uz.
Izoh (0)