AQShning Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidan 28-iyul, dushanba kuni Delta 4 eltuvchi raketasi uchirildi. U AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan xorijiy kosmik qurilmalarni kuzatish uchun qo‘llaniladigan ikkita razvedkachi sun’iy yo‘ldoshlarni o‘zi bilan olib ketdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
U Toshkent vaqti bilan seshanba kuni 04:28 da uchdi.
Josus yo‘ldoshlar bilan birga Delta 4 koinotga AQSh HHK ANGELS dasturida ishlovchi mikroyo‘ldoshni ham eltib qo‘ydi.
Izoh (0)