Samsung Galaxy S3 Neo O‘zbekistonda 950 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Samsung Galaxy S3 Neo — Galaxy S3 telefonining modifikatsiyalangan talqini sotila boshladi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar berdi.

H999

Foto: mobinfo.uz

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu smartfon Hindiston bozori uchun maxsus chiqarilgan. U Galaxy S3’dan biryo‘la ikkita SIM-karta bilan ishlay olishi tomonidan ajralib turadi.

Samsung Galaxy S3 Neo 4,8 dyuymli 1280×720 pikselli ekran, 4 yadroli 1,2 GGs chastotali protsessor, 1,5 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+ microSD) hamda 1,9 va 8 megapikselli ikkita kameraga ega.

Telefon Android 4.4.2 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Galaxy S3 Neo 950 ming so‘mdan sotilmoqda. Taqqoslash uchun, oddiy Galaxy S3’ni 990 ming so‘mga xarid qilish mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing