Elektr yordamida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqaruvchi Tesla Motors kompaniyasi yangi va kichikroq avtomobil ishlab chiqaradi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Yangi avtomobil Model 3 deb nomlanadi va u Model S avtomobilidan 20 foizga kichik bo‘ladi. Avtomobil to‘liq quvvatlangach 320 kilometrdan uzoq masofa bosa oladi. Model 3 avtomobili 2016-yil taqdim etiladi va o‘sha yilning o‘zidayoq sotuvga chiqadi.
Bu avtomobil Tesla kompaniyasining 4-avtomobili hisoblanadi. Hozircha uning qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum.
Izoh (0)