12—15-iyun kunlari Xitoyning Taypey shahrida o‘smirlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
9-iyun, dushanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu musobaqada qatnashish uchun safarga jo‘nab ketdi. Chempionatda o‘zbekistonlik ikki yigit va to‘rt qiz ishtirok etadi. Uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash musobaqasida Oksana Molchanova, Viktoriya Dirdina va Timur Xusnullin bahslashadi.
Nigina Sharipova 100 va 200 metrga yugurishda o‘z mahoratini namoyish etsa, Liliya Manasipova 200 va 400 metr masofaga yugurishda sovrinlar uchun kurashadi.
Yadro uloqtiruvchilar sektorida o‘zbekistonlik Artyom Davletov bellashadi.
Izoh (0)