Shveysariyaning quyosh batareyalarida ishlaydigan Solar Impulse 2 samolyoti o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi.
Uchar qurilma 72 metr uzunlikdagi qanotlarga ega, umumiy og‘irligi esa 2,3 tonna. Samolyot hajmi eng katta yo‘lovchi tashuvchi Airbus A380 bilan tengdir.
Uning uglerod tolasidan bo‘lgan konstruksiyasi qurilmaga nisbatan yengillik bergan. Samolyotning katta qismi 17 mingta fotoelementlar bilan qoplangan, ular litiy-ionli batareyalar bilan ulangan bo‘lib, qurilma dvigateli ishlashini ta’minlaydi. Samolyot tezligi soatiga 140 kilometrgacha yetishi mumkin. U 12 ming metrgacha yuqorilashi mumkin.
Bundan avvalgi Solar Impulse 63 metr uzunlikdagi qanotlarga va 1,6 tonna og‘irlikka ega bo‘lgan. Uning tezligi soatiga 70 kilometrgacha yetgan. U 2009-yil iyunida ommaga namoyish etilgan.
Solar Impulse 2 samolyotida 2015-yilda ikki haftalik dunyo bo‘ylab sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.
Izoh (0)