Namanganda aviamodel bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yuz nafarga yaqin sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Chempionat bahslarida Toshkent shahri vakili Sergey Svyatniy g‘olib chiqdi. Farg‘onalik Alisher Mirzayev ikkinchi, poytaxtlik yana bir sportchi Gennadiy Golotin uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Mamlakat birinchiligi musobaqalarida farg‘onalik Zahiriddin Zayniddinovga teng keladigan topilmadi. Keyingi o‘rinlarni andijonlik Bobur Abdullayev va Muhiddin Umarov qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida poytaxtliklar birinchi, Farg‘ona viloyati vakillari ikkinchi, mezbon sportchilar uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)