Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samsung kompaniyasi Xitoyda o‘zining yangi SM-G9098 yig‘ma telefonini rasman taqdim etdi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Ikki SIM-kartali smartfon biryo‘la ikkita 3,7 dyuymli 800x480 pikselli Super AMOLED displeyiga ega bo‘ldi. Orqa korpusi kompaniyaning o‘tgan yilgi qator smartfonlari kabi terisimon material bilan qoplangan.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Bundan tashqari, yangi smartfon to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 800 protsessori, 2 megapikselli old, 13 megapikselli asosiy kamera, 1900 mA/s akkumulyator bilan ta’minlandi.

SM-G9098 o‘lchamlari 117х59,5х15,8 mm, og‘irligi 179 grammga teng.

Nashrning taxmin qilishicha, qurilma faqat Xitoyda sotiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)