29-may kuni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti ushbu OTMda o‘qishga qiziqish bildirgan abituriyentlar uchun ochiq eshiklar kunini o‘tkazadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Ayni paytda universitet 2014/2015-o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilmoqda. Qabul 15-iyunga qadar davom etadi, hujjat topshirishdan avval onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish zarur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil bakalavriatga 175 kishi: “Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha 100 kishi, “Energetika”, “Sanoat-fuqarolik qurilishi va me’morchilik” hamda “Axborot texnologiyalari va sanoatda BAT” yo‘nalishlari bo‘yicha 25 kishidan qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida: Toshkentdagi Turin politexnika universiteti 2009-yilning 27-aprelida O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan tashkil qilingan.
Izoh (0)