Shveysariya fuqarolari mamlakatda eng kam oylik ish haqi (EKOIH) o‘rnatish g‘oyasidan bosh tortdi. U joriy etilgan taqdirda dunyoda eng kattasiga aylanar edi. Aholining bunday fikri 18-may kuni o‘tkazilgan umummilliy referendum natijalari orqali ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Shveysariya kasaba uyushmalari birlashmasining EKOIH joriy etish haqidagi tashabbusiga 76,2% aholi qarshi chiqdi. Referendumda saylovchilarning 56 foizi qatnashdi.
Kasaba uyushmalari mamlakat hududida bir soat mehnatga 22 frank (25 dollar)dan kam to‘lash mumkin emasligini qonun bilan kafolatlashni taklif qilgan edi. Qonun oylik ish haqining 4 ming frank (4,5 ming dollar) miqdorida bo‘lishini ta’minlar edi. Bu esa hozirda shveysariyaliklar ishlab topadigan o‘rtacha oylik daromadning uchdan ikki qismiga teng.
Izoh (0)