• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Oybek va Nigora: “Balki yaqin oylarda shaxsiy hayotimizda biror yangilik bo‘lib qolar…”

    “Muloqot” saytlar tarmog‘ining “Muloqot intervyu” loyihasida yoshlarning sevimli guruhi Oybek va Nigora mehmon bo‘ldi. Suhbat Toshkent shahridagi “Muloqot.Uz” kafesida o‘tkazildi. Unda Oybek va Nigora “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari tomonidan yo‘llangan savollarga javob berdi.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    XuSHnuD TojiboyeV

    Nega “Omon-omon” qo‘shig‘ini faqat Oybek ijro etdi? Bu qo‘shiq ko‘pchilikning nazarida Nigoraga qarata aytilgandek!

    Oybek: Savol o‘rinli. Yakkaxon tarzda qo‘shiq kuylash har doim rejamizda bo‘lgan. “Omon-omon” qo‘shig‘i qaysidir ma’noda Nigoraga atalgan desa ham bo‘laveradi.

    Alyorbek Hamidjanov

    O‘zbekiston bo‘yicha konsertlar, gastrol safarlari rejalashtirganmisiz?

    Nigora: Oldinlari gastrol safarlarimiz ko‘p bo‘lar edi. Biroq hozirgi kunga kelib biroz kamaygan. Yaqinda Qozog‘iston bo‘ylab gastrol safar rejalashtirganmiz.

    Yerzhan Begeeloff

    Salom Oybek va Nigora. Men Navoiy viloyati, Uchquduq shahridanman. Millatim qozoq bo‘lsa ham sizlarni sevib tinglayman. O‘zingizning ko‘nglingizdagi ya’ni uzoq vaqtlardan beri o‘ylab yurgan qo‘shiqni ijro etdingizmi?

    Oybek: Bunaqa qo‘shiqlar tugamasa kerak nazarimda. Chunki doim o‘ylaganimizni har bir qo‘shig‘imizda ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, “Omon-omon” qo‘shig‘imni yakkaxon ijro etib qaysidir ma’noda niyatimga erishdim. Yaqinda yana Nigoraga atalgan alohida qo‘shiq qilish niyatim bor.

    Nigora: Bitta ustoz san’atkor “Qachondir men o‘zim orzu qilgan rolimni ijro etsam, bu dunyoni tark etgan bo‘laman” degan edi. Menimcha, san’atkorda “Men eng yaxshi ko‘rgan rolimni o‘ynadim yoki qo‘shig‘imni ijro etdim” degan narsa bo‘lmasa kerak. U yana ham rivojlanadi, yana ham voyaga yetadi. Xohlagan ishimni qilib bo‘ldim degani, bu hayotdan ko‘z yumdim degani bo‘ladi.

    usmonov shoxrux

    “Omon-omon”, “Meni kechir” qo‘shiqlarini o‘zingiz yozganmisiz?

    Nigora: Men emas, Oybek yozgan (kuladi).

    Laylo laylo

    Qorako‘lga yana qachon kelasizlar? Muxlislaringiz sog‘indi-ku...

    Oybek:  Taklif qilishsa, albatta, boramiz.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    Alyorbek Hamidjanov

    Qo‘shni mamlakatlarda ham sizning muxlislaringiz yo‘q emas. Qo‘shni davlatlarda konsert berish niyatingiz bormi?

    Nigora: Takliflar tushgan, ular bilan tanishib rozilik bildirish niyatimiz bor.

    Alyorbek Hamidjanov

    Siz ustoz san’atkorlaringizdan tanqidlar eshitganmisiz?

    Nigora: Ha…

    Oybek: Tanqidlar eshitganmiz va o‘sha tanqidlar o‘rinli ham bo‘lgan.

    Bek Uzbekistan

    Moliyaviy jihatdan eng qimmat klipingiz qaysi?

    Nigora: “Boboyjonim” qo‘shig‘imizga ishlangan klip.

    Bek Uzbekistan

    Oybek va Nigoraning rejalarida “Istiqlol” san’at saroyida konsert berish ham bormi?

    Oybek: Rejamizda bor. Bu har bir san’atkorning orzusi bo‘lsa kerak.

    Nigora: 2014-yilda rejamizda konsert emas boshqa niyatlar bor. Ijodimizni boshlaganimizga sakkiz yil bo‘libdi. Nasib qilsa yakkaxon konsert dasturimizni taqdim etamiz.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    Bek Uzbekistan

    Oybek va Nigoraning rasmiy oybeknigora.uz saytida Oybek va Nigora kim bilan qo‘shiq kuylashini istaysiz, degan so‘rovnomaga ko‘zim tushdi. Qizig‘i, bu so‘rovnomadan faqat “Bojalar”, “MarkaZ”, Umidaxon va Sirojiddin o‘rin olgan. Bojalar varianti hozir 450 ga yaqin ovoz yig‘gan holatda ancha tafovut bilan 1-o‘rinda. Rostdan ham Oybek va Nigorani rejalariga “Bojalar” bilan duet kiritildimi?

    Nigora: Albatta, rejada bor. Bu ro‘yxatda Shahnoz ham bo‘lishi kerak edi. Yaqinda olinadigan bir filmdan taklif tushgan, o‘sha filmga saundtrek sifatida qo‘shiq kuylashimiz mumkin.

    СИмпАТИчнИЙПaРeН

    Rus qo‘shiqchilari bilan duet aytish rejangizda bormi? Masalan, Dima Bilan, Dj Smash, Timati, MakSim, Nyusha. Javobingiz uchun avvaldan rahmat.

    Oybek: Albatta, yo‘q demagan bo‘lar edik.

    Nigora: Rejamizda emas, orzumizda bor. Balki yaqinda amalga oshib qolar.

    - WaLveRine -

    O‘zingiz uchun kimni ustoz deb bilasiz?

    Oybek: Ustozlarimiz bor. O‘qishdagi ustozimiz Serjanov Kengezboy. Estradada esa bolalikdan eshitib o‘rganganimiz Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov. Ustozlarimizdan nimadir o‘rganganmiz.

    Nigora: Aynan mana shu kishi ustozimiz deb ayta olmaymiz. Chunki ko‘pchilikdan har xil narsalar o‘rganganmiz, kezi kelganda yosh san’atkorlardan ham nimadir o‘rganamiz.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    Bek Uzbekistan

    Nigora opani bir intervyusida o‘qigan edim, er va xotinni bir-biri haqida bilmaydigan qandaydir sirlari va qirralari bo‘lishi zarur, degan edi. Savolim shundan iboratki, bu intervyuga adashmasam 5—6 yil bo‘lmoqda, hali ham er va xotin o‘rtasida sir bo‘lishi kerak deb o‘ylaysizmi?

    Nigora: Ha hali ham shunaqa deb o‘ylayman. Qanaqadir sir, ochilmagan qirra bo‘lsa bir-biriga intilish, qiziqsh so‘nmaydi deb hisoblayman.

    Bek Uzbekistan

    Oybek ham, Nigora ham filmlarda suratga tushgan, lekin oxirgi vaqtda sizlarni filmlarda ko‘rmayapmiz. Buning boisi nimada?

    Oybek: Chunki guruh ijodi bilan mashg‘ulmiz.

    Bek Uzbekistan

    Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Oybekning ham, Nigoraning ham profillari yopiq. Nigora opani tushunsa bo‘ladi. Lekin Oybek aka nimaga Instagram’da yopiq profilda yuribdi?

    Oybek: Agar do‘stlik taklif qilinsa, albatta, qabul qilaman.

    Nigora: Oybek profilini ochib qo‘yadi, Nigora esa uning profilini yopib qo‘yadi (kuladi).

    Bek Uzbekistan

    Bundan bir muncha vaqt avval “Yoshlar” telekanalidagi “Ro‘zg‘or maktabi” ko‘rsatuvida Oybek va Nigorani ishtirokini ko‘rgan edim. Ana shu ko‘rsatuv davomida bir narsa e’tiborimni tortgan edi, ya’ni Oybek aka ko‘rsatuv davomida ayrim vaqtda gapirishga og‘iz juftladi-yu, lekin Nigora opa Oybek akaga gap bermasdan o‘z fikrlarini ifoda etdi. Oybek, iltimos Nigoraxon men ham gapiray, deb izn so‘rab zo‘rg‘a gaplarini gapirib olgan edi. Hayotda ham shundaymi yoki bu shunchaki tasodifiy kadrlar bo‘lganmi?

    Oybek: Bilmadim, hayotda har qanday vaziyat bo‘ladi. O‘shanda kayfiyatim bo‘lmagandir. O‘zi kamgap odamman.

    Nigora: Oldin haqiqatdan ham Oybekni kutmasdan shoshib ketardim, hozir esa ancha bosilganman.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    Bek Uzbekistan

    El nazariga tushgan, o‘z muxlislariga ega bo‘lgan san’atkorlardansiz. Tabiiyki, sizlar haqingizda xalq orasida turli mish-mishlar va gap so‘zlar yuradi. O‘zingiz haqingizdagi qaysi mish-mishlardan charchagansizlar?

    Oybek: Ko‘pincha er-xotin deb o‘ylashardi.

    Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM)

    Oybek va Nigora agar alohida-alohida ijod qilganda bugungi darajaga erishmagan bo‘lar edi, deb o‘ylovchilar ham topiladi. Bunga fikringiz qanaqa?

    Oybek: Balki ha, balki yo‘q. Ko‘proq yo‘q, chunki biz ijodni boshlaganimizda duet guruhlar kam edi.

    mitti farishta

    Nigora opa siz san’atkor bo‘lmaganingizda qaysi sohani tanlardingiz?

    Nigora: Balki maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, logoped, umuman, bolalar bilan ishlagan bo‘lar edim.

    SARDOR GULOMOV

    Assalomu alaykum, Oybek aka. Mashhur bo‘lish osonmi?

    Oybek: O‘ziga yarasha qiyinchiliklari ham, yaxshi tomonlari ham bor.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    ლლԲΐrđลνธლლ

    Ijod bu sizlar uchun kasbmi yoki qismat?

    Nigora: Kasb desak to‘g‘riroq bo‘ladi, shekilli. Chunki o‘zimiz san’atkor bo‘lishni tanlaganmiz, shu sababli qismat desak xato bo‘lsa kerak.

    Oybek Qismat taqdim qilgan kasb (kulishadi).

    Marjona Bozorova

    Nigoraning “Dachalar” filmidagi obrazini qanday baholaysiz?

    Nigora: O‘sha paytda ancha semirib qolgandim. Unda farzandli, yoshi kattaroq ayolni rolini ijro etasan deyishganda xafa bo‘lmaganman. Sho‘x, eri bilan urishib yuradigan janjalkash ayol rolida o‘zimni o‘ynaganman, deb o‘ylayman (kuladi).

    А С А Д Б Е К

    Hayotingizda birinchi o‘rinda san’atmi yoki oilami?

    Oybek: San’at bu oila (kulishadi).

    Nigora: Menimcha birinchi o‘rinda oila bo‘lsa kerak. Chunki yomon kunda sahnaga chiqa olmaysiz-da, oilangizni yoniga borasiz, ular dalda bo‘ladi. Ammo muxlislar ham san’atning bir qismi, agar ular konsertga chipta sotib olib sizni kutib o‘tirsa, yomon kunlaringizmi yo‘qmi qarab o‘tirmaydi. Shu sababli ularning ham dilini og‘ritib bo‘lmaydi. Aslida san’at va oilani taqqoslash qiyin narsa.

    Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM)

    Sizlarni multfilm qahramonlaridan “Lolo va Pepe”ga qiyoslashadi. Bunga fikringiz?

    Oybek: O‘zimiz ham multfilmga o‘xshaymiz.

    Nigora: Tashqi ko‘rinishdan ham o‘xshatishadi. Rostdan ham o‘xshaymiz. Qiziqchi Sherzod Bin pingvinlaga o‘xshab yurasizlar deb kuladi (kulishadi).

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    Alyorbek Hamidjanov

    Sizga imkoniyat berilganda qaysi chet el qo‘shiqchisi bilan duet aytgan bo‘lar edingiz?

    Oybek: Shakira, Enrike Iglesias bilan kvartet hosil qilgan bo‘lar edik (kuladi).

    Saidislom Turahkujaev

    Nigora oddiy insonga ham turmushga chiqqan bo‘larmidingiz?

    Nigora: Hammamiz oddiy insonmiz-ku. Agar ko‘nglimdagidek inson bo‘lsa, men hech kimga rad javobini bermagan bo‘lardim. Yo san’atkor, yo boshqaga tegaman demayman.

    Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM)

    Oybek haqiqatdan ham “Bo‘zsuv”da tug‘ilganmisiz?

    Oybek: Yo‘q. Yunusobodni 18-kvartalida tug‘ilganman.

    Alyorbek Hamidjanov

    Ikkingizning o‘rtangizda kelishmovchiliklar bo‘lib turadimi?

    Oybek: Ijod tomonlama juda ham ko‘p kelishmovchilik bo‘ladi. Albatta, bu yaxshi tomonga.

    Anvar84.82

    Nigora Oybek bilan birinchi duet aytganingizda his-tuyg‘ularingiz qanaqa bo‘lgan?

    Nigora: (O‘ylanib) O‘sha paytlarda biroz qiynalganman. Ovozimiz bir-biriga tushadimi yo‘qmi degan hayajonlar bo‘lgan.

    Turakhonov_n

    Meni qiziqtirgan savol shundan iboratki, har bir insonda yo‘q deganda bitta armon bo‘ladi. Sir bo‘lmasa sizlarning qanday armonlaringiz bor?

    Oybek: Armonimiz bo‘lmasin.

    Nigora: Muhriddin Xoliqov bilan gaplasha olmaganim armon bo‘lib qolgan.

    Elen Atler

    Ikkalangizga ham birdek manzur bo‘lgan duet qo‘shig‘ingiz qaysi?

    Oybek: “Sog‘inch”, “Yorimsan” qo‘shiqlarimizni mazza qilib kuylaymiz.

    Elen Atler

    Kimga qanaqa bilmadim, lekin men uchun Oybek uyatchan, Nigora esa shaddodroq ko‘rinadi. Hayotda ham shunaqamisizlar?

    Oybek: Albatta (kulishadi).

    Mahamatik Maxx

    O‘rtangizda muhabbat bormi?

    Oybek: Qo‘shiqlarimiz muhabbat haqida bo‘lgani uchun muhabbat bo‘lishi kerak. Biroq shaxsiy hayotimiz haqida hech nimani oshkor qilishni xohlamaymiz, balki yaqin oylarda biror yangilik bo‘lib qolar.

    Foto: “Muloqot”

    Foto: “Muloqot”

    Shuningdek, “Muloqot intervyu” loyihasida ko‘plab elimiz suygan san’atkorlar ishtirok etgan. Ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarni Intervyu.uz saytida o‘qing.

    Shu bilan birga Rustam Qosimjonov bilan yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan intervyuga ham savollaringizni yo‘llashingiz mumkin.

    18.05.2014, 09:15   Izoh (0)   22362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Scorpions guruhi barabanchisini piyonistalik va haqorat uchun Dubayda qamab qo‘yishdi

    30.04.2014, 14:33

    Sevara Nazarxon o‘zining yangi klipida “ko‘rinmas” pardozda namoyon bo‘ldi

    18.04.2014, 13:58

    Pol Uokerning ukalari “Forsaj-7”da uning rolini o‘ynaydi

    18.04.2014, 12:17

    Toshkentda bolalar va yoshlar uchun nemis kinosi namoyish etiladi

    10.04.2014, 13:39

    Lola “Muloqot” a’zolari savollariga javob berdi (video)

    13.11.2013, 14:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.