Yaqinda O‘zbekistonda Janubiy Koreya kompaniyasiga tegishli yangi smartfonlardan biri — LG G Pro Lite Dual sotilishi boshlandi. U LG G 2 flagman smartfonining “soddalashtirilgan” modelidir. Bu haqda mobinfo.uz xabar berdi.
Telefon soatiga 3140 milliamper sig‘imidagi akkumulyator, 5,5 dyuymli sensorli ekran, 8 megapikselli kamera bilan jihozlangan. U biryo‘la ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi.
Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida LG G Pro Lite Dual 825 ming so‘mga sotilmoqda. Taqqoslash uchun, LG kompaniyasining flagman modeli — G 2 smartfonini 1,5 million so‘mga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)