Rossiya poytaxti Moskva shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Taxmina Ikromova bir yo‘la to‘rtta oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
30 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan musobaqada Taxmina arqon, obruch va predmetlarsiz bajarilgan mashqlarda eng yuqori ball jamg‘arib, mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2004-yili Samarqand shahrida tavallud topgan Taxmina Ikromovaga xalqaro turnir yakunida tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan maxsus sovg‘a tantanali sur’atda topshirildi.
Izoh (0)