“Paxtakor” futbol maktabi 2007-yilda tavallud topgan bolalarni guruhlarga qabul qiladi, deb e’lon qildi futbol klubi sayti.
Har yili yetti yoshga to‘lgan bolalarni futbol maktabi jamoasiga saralab oladigan “Paxtakor” futbol klubi xohlovchilarni guruhlarga qo‘shilishga taklif etadi. Farzandlarining futbol bilan shug‘ullanishini istagan ota-onalar 20-maydan keyin dushanba, chorshanba va juma kunlari “Yoshlik” sport majmuasiga kelib, murabbiy Shuhrat Bo‘riyevga murojaat etishi mumkin, deyiladi “Paxtakor” e’lonida.
Sinov jarayonlari soat 9:00 da boshlanadi. Bolalar tug‘ilganlik haqida guvohnoma, sport bilan shug‘ullanishi uchun tibbiy ma’lumotnoma va sport formasi bilan tashrif buyurishi lozim.
Izoh (0)