• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Oltin qalam” bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi

    2-may kuni “Turkiston” saroyida jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu tadbirda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, faxriy jurnalistlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    Televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan bu yilgi ijodiy loyihada o‘n uchta – bitta Bosh milliy mukofot, har bir yo‘nalish bo‘yicha uchtadan mukofot ta’sis etilgan. Tanlov uchun mamlakatning barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan 490 dan oshiq jurnalistdan 7500 ga yaqin ijodiy ish kelib tushdi. Ularni baholashda tanqidiy va tahliliy chiqishlarga, hayot haqiqati xolis aks ettirilgan, ijodiy izlanuvchanlik asosida tayyorlangan materiallarga alohida e’tibor qaratildi.

    “Oltin qalam” statuetkasi. Foto: O‘zA

    “Oltin qalam” statuetkasi. Foto: O‘zA

    Tanlovni tashkil qilish, o‘tkazish, g‘oliblarni taqdirlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratildi.

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun o‘tkazilgan xalqaro tanlovda Bosh mukofotga loyiq deb topildi. Telekanal maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va O‘zbekistonda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    – Yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh avlodda sog‘lom va teran tafakkurni shakllantirishga ulkan e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali direktori Vohid Luqmonov. – Prezident tashabbusi bilan “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tashkil etilib, bugungi kunda samarali faoliyat olib borayotgani mazkur soha ravnaqiga ko‘rsatilayotgan cheksiz g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir. Bularning barchasi zimmamizdagi mas’uliyatni teran anglashga, yosh avlodda sog‘lom ma’naviyatni shakllantirishdek sharafli ishga yanada jiddiy yondashishga undaydi.

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    Ijodiy bellashuvning televideniye, radio, matbuot va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblariga diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi hamda pul mukofotlari topshirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ta’sis etilgan nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar topshirildi.

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida. Foto: O‘zA

    Xususan, bu yilgi tanlovda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi axborot markazi, YuNESKO, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, BMTning OIV/OITS bo‘yicha Birlashgan dasturi – YuNEYDS, Xalqaro munosabatlar milliy demokratik instituti (AQSh), “Regional dialog” (Sloveniya) kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari o‘z mukofotlari bilan ishtirok etdi. Tantanali marosimda bir guruh jurnalistlar ushbu tashkilotlarning rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi.

    03.05.2014, 09:23   Izoh (0)   11260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubay aeroportidagi ta’mirlash ishlari tufayli reyslar jadvali qat’iylashtirildi

    03.05.2014, 09:00

    Navoiydagi shahar bog‘ining 17 gektar hududida yangi attraksionlar quriladi

    02.05.2014, 13:35

    Muborak gazni qayta ishlash zavodida 220 million dollarlik navbatdagi modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi

    02.05.2014, 11:04

    O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi 14 foizga kamaydi

    02.05.2014, 09:50

    Afrosiyob devoriy suratini qayta tiklash ishlari boshlandi

    02.05.2014, 09:38

    Tutash aviachipta egalari Singapurga 96 soatga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ldi

    02.05.2014, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.