Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi va unda 15 korxona hamda tashkilot 47 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
– Bugungi yarmarkada asosiy e’tibor xotin-qizlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirishga qaratildi, – deydi Taxtako‘pir tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori o‘rinbosari A.Allaniyozov. – 2014-yilda tumanda olti marta ana shunday tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mehnat yarmarkasida 30 dan ziyod fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
Kegeyli tumanidagi Xalqobod sanoat-transport kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 29 korxona va tashkilot tomonidan taklif etilgan ish joylari, ayniqsa, yoshlarni ko‘proq qiziqtirdi.
– Nukus shahar 2-tibbiyot kollejini 2013-yili bitirganman, – deydi Nasiba Xolmurodova. – Yarmarkada o‘zimga munosib ish topdim, “Xalqobod” qishloq vrachlik punktiga ishga yo‘llanma oldim.
Izoh (0)